Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Anchelotti bir yarim yildan beri sovrin yuta olmayapti

Anchelotti bir yarim yildan beri sovrin yuta olmayapti

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi JCH-2026ning 1/8 final bosqichida Norvegiyadan mag‘lubiyatga uchrab (1:2), musobaqani tark etdi.

Turnir davomida Janubiy Amerika jamoasiga 67 yoshli mutaxassis Karlo Anchelotti ustozlik qildi. Italiyalik murabbiy «selesao»ni orziqib kutilgan sovrin sari boshlay olmadi.

Shu tariqa, Anchelotti oxirgi bir yarim yil ichida birorta ham turnirda g‘olib chiqa olmadi.

2025 yilda italiyalik murabbiy qo‘l ostidagi «Real» na La Ligani, na Chempionlar Ligasini, na Ispaniya Superkubogi va na Qirol Kubogini qo‘lga kirita oldi. 2024/25 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, murabbiy Ispaniya klubini tark etdi va Braziliya terma jamoasini boshqarishga kirishdi.

Anchelotti boshqarayotgan jamoalar 2024 yilning dekabr oyidan beri sovrin yuta olmayapti. O‘shanda «Real Madrid» FIFA Qit’alararo kubogi sohibiga aylangan va mazkur turnir doirasida faqatgina bitta o‘yin — «Pachuka»ga qarshi final bahsida (3:0) maydonga tushgan edi.

Bundan oldinroq, 2024 yilning avgust oyida «qaymoqranglilar» «Atalanta» ustidan g‘alaba qozonib (2:0), UYEFA Superkubogida zafar quchishgandi.

Agar yakuniy muvaffaqiyatga erishish uchun bittadan ko‘p o‘yin o‘tkazish talab etiladigan yirik turnirlarni hisobga oladigan bo‘lsak, Anchelotti jamoalari 2024 yilning 1 iyunidan buyon bunday musobaqalarda g‘olib bo‘lolmayapti. O‘sha oqshom «Real» Chempionlar Ligasi finalida Dortmundning «Borussiya» klubidan ustun kelgan edi (2:0).

Kiritildi: 17:16, 06.07.2026.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик