Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jeyms JCH-2026 chorak finaligacha Angliya tarkibiga qaytishi mumkin

Jeyms JCH-2026 chorak finaligacha Angliya tarkibiga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi himoyachisi Ris Jeyms Jahon chempionatining Norvegiyaga qarshi chorak final uchrashuvida maydonga qaytish imkoniyatiga ega. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Futbolchi guruh bosqichida Ganaga qarshi kechgan bahsda sonining orqa mushagidan jarohat olgach, oxirgi uchta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Meksika bilan o‘yinda Jeyms qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Tomas Tuxel uning sog‘lig‘ini tavakkal qilib o‘tirmadi.

Himoyachi shu haftadan mashg‘ulotlarga kirishishi kutilmoqda. Agar tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechsa, u Norvegiyaga qarshi bahsda — yoki dastlabki daqiqalardan, yoki zaxiradan maydonga tushib o‘ynashi mumkin.

Chorak final oldidan Angliya terma jamoasida kadroviy muammolar ham yuzaga kelgan. Jarell Kuansa Meksika bilan o‘yinda qizil kartochka olgani sababli bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, terma jamoaning bir yo‘la to‘rt nafar futbolchisi — Jud Bellingem, Deklan Rays, Mark Gexi va Niko O'Rayli diskvalifikasiya xavfi ostida turibdi. Norvegiyaga qarshi o‘yinda olinadigan yana bir sariq kartochka ularning ehtimoliy yarim final bahsini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ladi. Jordan Xendersonda ham ogohlantirish bor, biroq u jarohati sababli mazkur turnirda boshqa maydonga tushmasa kerak.

Kiritildi: 01:04, 07.07.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик