Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Angliya ham Kuansaning qizil kartochkasi bo‘yicha apellyasiya bermoqchi

Angliya ham Kuansaning qizil kartochkasi bo‘yicha apellyasiya bermoqchi

Baho:
+2 | -

FIFA qo‘pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka olgan Folarin Balogunni diskvalifikasiyadan qutqarib qolib, xavfli namuna yaratdi. To‘g‘ri, diskvalifikasiya rasman mavjud, biroq u bir yillik sinov muddati bilan shartli etib belgilandi.

Endilikda boshqa jamoalar ham, futbolchilarining qoidabuzarligi qanchalik jiddiy bo‘lishidan qat’i nazar, apellyasiya berishni boshlashlari mumkin. Mana, hozirda Angliya futbol assosiasiyasi o‘z futbolchisining chetlatilishi yuzasidan ehtimoliy apellyasiya berish haqida o‘ylamoqda — himoyachi Jarell Kuansa Meksikaga qarshi o‘yindagi qo‘pol "podkati" uchun qizil kartochka olgan edi. Inglizlar apellyasiya berishi mumkinligi haqida jurnalist Rob Dorsett ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining chorak finalida Angliya terma jamoasi Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 01:06, 07.07.2026.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик