Belgiya terma jamoasi AQSH ustidan yirik (4:1) hisobda g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. «Qizil iblislar» Sharl de Ketelarening dubli, shuningdek, Xans Vanaken va Romelu Lukakuning bittadan kiritgan gollari evaziga turnirning so‘nggi mezbonini musobaqadan chiqarib yuborishdi. Chorak finalda Rudi Garsiya jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ispanlar uchrashuv so‘ngida Mikel Merino tomonidan kiritilgan gol evaziga Portugaliyani minimal (1:0) hisobda mag‘lub etgan edi.
Hozirda chorak finalning to‘rtta juftligidan uchtasi aniq bo‘lib ulgurgan:
-
Fransiya – Marokash (9 iyul, Toshkent vaqti bilan soat 23:00)
-
Ispaniya – Belgiya (10 iyul, Toshkent vaqti bilan 11 iyulga o‘tar kechasi soat 00:00)
-
Norvegiya – Angliya (12 iyulya, Toshkent vaqti bilan soat 02:00)
1/4 finalning so‘nggi uchrashuvida esa bo‘lajak Argentina — Misr va Shveysariya — Kolumbiya bahslari g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi.













