Yarim himoyachisi Aksel Vitsel Jahon chempionatlarida maydonga tushgan eng yoshi katta belgiyalik futbolchiga aylandi.
U AQSHga qarshi bo‘lib o‘tgan 1/8 final uchrashuvining 89-daqiqasida maydonga tushirildi. O‘sha paytda u 37 yosh, besh oylik va 25 kunlik edi.
Belgiya AQSHni 4:1 hisobida tor-mor etib, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. Rudi Garsiya jamoasining navbatdagi raqibi Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Ispaniya terma jamoasi bo‘ladi.
Jahon birinchiligida faqat bitta chorak final juftligini aniqlash qoldi. U 1/8 final doirasidagi Argentina — Misr va Shveysariya — Kolumbiya uchrashuvlari natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi.
Ilk chorak final bahsi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi Marokash bilan kuch sinashadi.













