«Ayaks»ning markaziy yarim himoyachisi Shon Shter faoliyatini Angliyaning «Nyukasl» klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klublar 18 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferini 24 million yevroga kelishib olishgan. Bundan tashqavi, shartnomada 3 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Shon Shter — «Ayaks» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarni inobatga olgan holda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va o‘z hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor bahosi 7 million yevroni tashkil etadi.













