Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Valensiya» Yaponiya terma jamoasi a’zosi Ryunosuke Satoning transferini e’lon qildi

«Valensiya» Yaponiya terma jamoasi a’zosi Ryunosuke Satoning transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Valensiya» 19 yoshli yaponiyalik yarim himoyachi Ryunosuke Sato bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«19 yoshli yarim himoyachi Ryunosuke Sato klub bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi. U «Valensiya» asosiy jamoasi tarixidagi ilk yaponiyalik futbolchiga aylanadi.

Sato yarim himoyaning bir nechta pozisiyalarida o‘ynashga qodir: chap qanotdan markazga ko‘chishi, o‘ngda harakat qilishi yoki markaziy hududdan hujumlarni rivojlantirishi mumkin. Uning kuchli tomonlari — universallik, tezkorlik, yuqori texnik mahorat, sheriklari bilan yaxshi hamkorlik qila olishi, shuningdek, ayniqsa tor maydonda raqiblarni aldab o‘tish qobiliyatidir», — deyiladi klub rasmiy saytida.

Yakunlangan mavsumda ijara asosida «Fadjano Okayama» klubida to‘p tepgan Ryunosuke Sato 28 ta o‘yinda maydonga tushib, «gol+pas» tizimida 6+2 natija qayd etdi.

Kiritildi: 15:00, 07.07.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик