Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensioga qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda, chunki mish-mishlarga ko‘ra, klub unga unchalik ishonch bildirmayapti. ESPN xabariga ko‘ra, «kanonirlar» ispaniyalik futbolchini o‘z shopt-listiga kiritishgan — unda Ben Uaytga potensial o‘rinbosar ko‘rishmoqda.
Raul Asensio o‘tgan mavsumda «qaymoqranglilar» safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi, uning amaldagi shartnomasi esa 2031 yilgacha mo‘ljallangan.













