Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Jahon chempionati-2026 golsiz duranglar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jahon chempionati-2026 golsiz duranglar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Shveysariya va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv turnirda asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlangan sakkizinchi bahs bo‘ldi.

Bu bitta jahon chempionatida gol urilmagan o‘yinlar soni bo‘yicha mutlaq rekorddir. Bungacha 1982, 2006, 2010, 2014 va 2022 yillardagi jahon chempionatlarida asosiy vaqti 0:0 hisobida tugagan 7 tadan o‘yin qayd etilgan edi.

Penaltilar seriyasida Shveysariya g‘alaba qozondi (4:3) va chorak finalga yo‘l oldi. Ular ushbu bosqichda Argentina bilan to‘qnash kelishadi. Uchrashuv yakshanba, 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:53, 08.07.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик