Himoyachi Sadibu Sane «Mets» klubidan «Monako»ga o‘tdi. 22 yoshli senegallik futbolchi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
«Bo‘yi 1,84 metr bo‘lgan ushbu ishonchli himoyachi o‘z rivojlanishini «Monako»da davom ettiradi. U monegasklar jamoasi manfaati uchun o‘zining himoyaviy fazilatlari hamda hujumlarni boshlash qobiliyatidan foydalangan holda, o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan ligada to‘p suradi», — deb yozadi klub matbuot xizmati.
Sane 2025/26 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida 5 ta sariq va 2 ta qizil kartochka bor.













