«Fulxem»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ingliz klubi bilan imzolangan uch yillik shartnoma haqida fikr bildirdi.
«Londonning eng qadimgi klubi bo‘lmish «Fulxem»da ushbu yangi bosqichni boshlash men uchun katta sharaf. Men ulkan mas’uliyatni his qilyapman va menga bildirilgan ishonch uchun chuqur minnatdorman. «Fulxem» muxlislari bilan birgalikda «Kreyven Kottedj»dagi muhitni his qilishni va kelasi hafta futbolchilar bilan mavsumoldi tayyorgarlikni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Ishonamanki, bizni birgalikda ajoyib sayohat kutib turibdi», — deya ingliz klubi rasmiy sayti Arbeloaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Arbeloa 13 yanvardan beri «Real Madrid»ni boshqarib kelayotgan edi va 2025/26 yilgi mavsum yakunida klubni tark etdi.
«Fulxem» 2025/26 yilgi mavsumda 52 ochko to‘plab, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallagan edi. 2 iyun kuni London klubi Marku Silva bosh murabbiylik lavozimini tark etganini e’lon qilgandi.













