Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Uilson "Fulxem"ni APLning boshqa bir o‘rtamiyona klubiga almashtirdi

Uilson "Fulxem"ni APLning boshqa bir o‘rtamiyona klubiga almashtirdi

Baho:
+ | -

Garri Uilson "Fulxem"dan "Lids"ga o‘tdi. Uelslik futbolchi Yorkshir klubiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi va to‘rt yillik uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Uilson "dala hovli egalari"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylangan edi. U Angliya Premyer-ligasining 36 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Uilson o‘z faoliyatining besh yilini "Fulxem"da o‘tkazdi. 2015 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda u o‘z ona klubi "Liverpul" tizimida bo‘lgan, biroq bu vaqt ichida "qizillar"ning asosiy tarkibida biror marta ham maydonga tushmay, besh marta ijaraga berilgan edi.

"Lids" ham, "Fulxem" kabi, APLning o‘tgan mavsumini turnir jadvalining o‘rtasida yakunlab, muddatidan avval quyi ligaga tushib ketish xavfidan qutulib qolgandi. "Tovuslar" 47 ochko bilan yakuniy 14-o‘rinni, londonliklar esa 52 ochko bilan 11-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:26, 08.07.2026.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик