«Real» yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni klub bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi OAVlarda xabar qilinganidek, «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin bo‘lmagan. Bunga futbolchining yuqori maoshi va «Real»ning uni qo‘yib yuborishni istamagani sabab bo‘lgan.
Tchuamenining yangi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Amaldagi kelishuv esa 2028 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Tchuameni 2022 yilning yozidan buyon «Real» safida to‘p tepadi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













