Kirish Ro'yxatdan o'tish

Villi Kabalyero «Manchester Siti»ga qaytdi

Villi Kabalyero «Manchester Siti»ga qaytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq darvozaboni Villi Kabalyero klubga qaytdi va jamoaning yangi bosh murabbiyi Enso Mareskaning murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.

2014 yildan 2017 yilgacha «Etihad»da uch yil o‘tkazgan Argentina terma jamoasining sobiq posboni Mareska bilan «Lester» va «Chelsi»da ishlaganidan so‘ng, endi asosiy jamoa murabbiyi sifatida klubga qaytib kelmoqda.

Kabalyero 2016 yilda «Manchester Siti» bilan Liga kubogini qo‘lga kiritgan va Pep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynagan, shundan so‘ng Mareska bilan murabbiylik faoliyatini boshlagan edi.

44 yoshli Kabalyero endi murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. Ushbu shtabdan bosh murabbiy yordamchisi Roberto Vitiyello, murabbiy Denni Uoker, darvozabonlar murabbiyi Mikele De Bernardin, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Markos Alvares, tahlilchi Xavyer Molina va boshqalar ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 09:53, 09.07.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик