Braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraes «Nyukasl»da qolmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Avvalroq, «qarg‘alar» o‘z yetakchisini «Arsenal»ga sotishdan bosh tortgani va u bilan mehnat shartnomasini uzaytirish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.
Ta’kidlanishicha, yangi bitim 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilda o‘z nihoyasiga yetardi.
O‘tgan mavsumda Gimaraes barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt mutaxassislari yarim himoyachini 70 million yevroga baholamoqda.













