Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Tuxel Meksika bilan o‘yinni Angliya Kubogi bahsiga qiyosladi

Tuxel Meksika bilan o‘yinni Angliya Kubogi bahsiga qiyosladi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi uchrashuvni (3:2) Angliya Kubogidagi o‘yinga o‘xshatdi.

«Meksikaga bo‘lgan sayohat menga juda yoqdi. Mamlakatni o‘zgartirish, futbol seviladigan, hissiyotlarga boy yurtga borish. "Pumas" stadionidagi mashg‘ulotlar o‘ziga xos bo‘ldi, "Asteka"da maydonga tushib, shunday o‘yin o‘tkazish esa unutilmas taassurotlar taqdim etdi. Biz jamoa bilan aynan shu haqda gaplashgandik — shunchaki g‘alaba qozonish yo‘lini topish kerak edi.

Agar APL bilan taqqoslamoqchi bo‘lsangiz, bu yanvar oyi degani. Bu "Sanderlend". Bu Angliya Kubogi. "Sanderlend" yoki "Lids" mehmoniga borish. Bu juda katta qiyinchilik. Obi-havo yaxshi emas. Hakamning qarorlari yoqmaydi. Hamma narsa yomon ko‘rinadi. Bundan shunchaki o‘tib olish kerak. Agar yakunda "Uembli"da bo‘lishni istasang.

Yanvar yoki fevral oyida turnirdan chiqib ketmaslik muhim. Keyin esa hech kim sizdan qanday g‘alaba qozonganingizni so‘rab o‘tirmaydi. Shundan so‘ng eng qiziqarli vaqtlar boshlanadi. Keyin aprel, undan keyin may keladi, hamma narsa osonlashishi mumkin va o‘shanda siz o‘zligingizni ko‘rsatib, o‘tmishni unutishingiz mumkin bo‘ladi», — dedi Tomas Tuxel.

Turnirning chorak finalida Angliya Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:25, 11.07.2026.
O'qildi: 666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик