Bosniyalik 23 yoshli himoyachi Tarik Muxaremovich APLning «Lids» klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, futbolchiga «Lids»dan tashqari «Yuventus», «Sanderlend» va «Bornmut» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.
«Volfsberger» va «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Muxaremovich o‘tgan yozda 2 million yevro evaziga «Sassuolo»ga o‘tgan edi. Hozirda uning klub bilan 2031 yilgacha shartnomasi mavjud va Transfermarkt portali futbolchini 25 million yevroga baholamoqda.
Terma jamoa miqyosida esa u Bosniya va Gersegovina bilan JCH-2026 guruh bosqichidan chiqib, pley-offning ilk bosqichida AQSHga mag‘lub bo‘ldi.













