Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

«Al-Hilol» Rafinyaga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

«Al-Hilol» Rafinyaga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Barselona» vingeri Rafinyaning ehtimoliy transferi haqida tarqalgan ma’lumotlarni inkor qildi. Bu haqda 365Scores nashri xabar bermoqda.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, klub braziliyalik futbolchi bo‘yicha nafaqat muzokaralar olib bormayapti, balki uni yozgi transfer oynasi uchun o‘z rejalariga ham kiritmagan.

«Al-Hilol» rahbariyati ushbu mish-mishlardan noroziligini bildirdi. Klubdagilarning fikricha, Saudiya jamoasi nomining bunday xabarlarda tilga olinishi shunchaki «Barselona»ga bosim o‘tkazish va futbolchining shartnoma shartlarini yaxshilab olish maqsadida ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.

Rafinyaning o‘zi ham yaqin kelajakda «Barselona»ni tark etish niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:34, 12.07.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик