Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Tomas Tuxel Angliyaning yarim finalga chiqishidan so‘ng: «Men aynan shu yerda bo‘lishni istayman»

Tomas Tuxel Angliyaning yarim finalga chiqishidan so‘ng: «Men aynan shu yerda bo‘lishni istayman»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 yarim finaliga chiqqanidan so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Chorak finalda angliyaliklar Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

«Bu juda katta bosim, ammo menga bu yoqadi. Jamoani maydonga boshlab chiqish, u yerda bo‘lish… O‘yin oldidan oxirgi ikki-uch daqiqada, tayyorgarlik yakunlanib, maydonga chiqqanimda, o‘zimni haqiqatdan ham tirik his qilaman. Men aynan shu yerda bo‘lishni istayman. Bu daqiqalarda dunyoning boshqa hech qayerida bo‘lishni xohlamasdim.

Menga bu juda yoqadi, lekin har uch-to‘rt kunda o‘tadigan pley-off o‘yinlari, albatta, mutlaqo boshqa darajadagi bosim va haqiqiy hissiy tebranishlardir. Men buni tan olaman, shuning uchun hozir menga ham biroz vaqt kerak. Biz futbolchilarga to‘liq tiklanish uchun vaqt beramiz va eng kechi bilan bugun kunning ikkinchi yarmida murabbiylar shtabi bilan yarim finalga tayyorgarlikni boshlaymiz», — deya Tuxel so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha Meksika, Kanada va AQSHda bo‘lib o‘tmoqda. Yarim finalda Angliya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 18:03, 12.07.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик