Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

«Barselona» Torresga muqobil variant topib qo‘ydi

«Barselona» Torresga muqobil variant topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Barselona» «Xoffenxaym» hujumchisi Fisnik Asllaniga bo‘lgan qiziqishni davom ettirmoqda. Bu haqda sport.es nashri xabar berdi.

23 yoshli forvardning nomi «Kamp Nou»ga ehtimoliy o‘tish munosabati bilan OAVda bir necha bor tilga olingan. «Barselona» yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ida o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda va Asllani «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Ferran Torresning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

«Xoffenxaym» sport direktori Andreas Shiker klub futbolchining kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

«Biz ham nemis, ham xorijiy klublar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Fisnik Asllanining shartnomasida tovon puli borligi sir emas», — dedi Shiker.

Hujumchi uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori taxminan 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:47, 13.07.2026.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик