Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Aston Villa» 60 million yevrolik transferni kelishib oldi

«Aston Villa» 60 million yevrolik transferni kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Frayburg»ning markaziy yarim himoyachisi Yoxan Manzambi faoliyatini «Aston Villa»da davom ettiradi. Bu ma’lumotni insayder Fabrisio Romano e’lon qildi.

Manba xabarlariga ko‘ra, klublar 20 yoshli shveysariyalik futbolchining 60 million yevrodan ortiqroq summaga transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Qayd etilishicha, «Aston Villa» futbolchining o‘zi bilan ham shartnoma borasida kelishib olgan. Rasmiy e’lonni yaqin vaqt ichida kutish mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Manzambi barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urdi va to‘qqizta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ta’kidlash joizki, yarim himoyachi 2026 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. U to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:23, 13.07.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик