Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

«Manchester Yunayted» Edersondan voz kechmadi: oldinda yangi muzokaralar kutilmoqda

«Manchester Yunayted» Edersondan voz kechmadi: oldinda yangi muzokaralar kutilmoqda

Baho:
+ | -

«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson hamon «Manchester Yunayted»da paydo bo‘lishi mumkin.

«Qizil iblislar» allaqachon Italiya klubi va futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishgan edi, biroq tibbiy ko‘rik jarayonida o‘yinchining tizzasida muammolar aniqlangach, o‘tish jarayoni to‘xtab qoldi. Vaziyat jiddiy tus olgan bo‘lsa-da, transfer hali butunlay barbod bo‘lmagan: jurnalist Tayron Marshallning xabar berishicha, «MYU» hamon Edersonni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ingliz grandi rahbariyati transferni boshqa shartlar asosida rasmiylashtirishga urinib ko‘rish uchun «Atalanta» bilan yangi muzokaralar o‘tkazadi.

Avvalroq, 27 yoshli futbolchi mankunianliklarga taxminan 45 million yevroga tushishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 15:39, 13.07.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик