Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Kubarsi: «Bolaligimdan o‘zimni Jahon kubogi bilan tasavvur qilardim»

Kubarsi: «Bolaligimdan o‘zimni Jahon kubogi bilan tasavvur qilardim»

Baho:
+ | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi tez orada amalga oshishi mumkin bo‘lgan orzusi haqida so‘zlab berdi.

«Qizil furiya» jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda Fransiya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

«Men bolaligimdan o‘zimni Jahon kubogi bilan tasavvur qilardim. Sen allaqachon shu yerda bo‘lganingda va maqsad tobora yaqinlashganda, sovrinni boshing uzra ko‘tarish istagi yanada kuchayadi, sen bu onni tez-tez ko‘z oldingga keltirasan», — deya 19 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ikkinchi yarim finalda Argentina va Angliya terma jamoalari kuch sinashadi — ularning bahsi 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mundial finali esa 19 iyul kuni o‘ynaladi.

Kiritildi: 17:09, 13.07.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик