Ispaniyaning Sport nashri sahifalarida himoyachi Jyul Kunde haqida maqola chop etildi. Nashr «Bavariya» so‘nggi kunlarda fransiyalik futbolchining atrofidagilar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazib, uning vaziyati va shartnoma shartlarini bilishga harakat qilganini tasdiqladi.
Biroq futbolchiga yaqin manbalarning xabar berishicha, Kunde uchun ustuvor maqsad «Barselona» safida o‘ynashda davom etishdir. 27 yoshli futbolchi joriy yozda klubni o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.
«Transfer bozorida hech narsani istisno qilib bo‘lmasa-da, Kundening niyati «Barselona» sharafini himoya qilishda davom etish va uni o‘z pozisiyasida Yevropaning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri deb hisoblanishiga sabab bo‘lgan avvalgi darajasini qaytarishdir», — deyiladi materialda.
Nufuzli Transfermarkt portali Jyul Kundeni 60 million yevroga baholamoqda.













