«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Meyson Maunt bilan xayrlashishga shoshilmayapti.
27 yoshli futbolchiga «Nyukasl» da’vogarlik qilgan edi. «Qarg‘alar» Sandro Tonali sotilganidan va Yoxan Manzambi uchun kurashdagi omadsizlikdan so‘ng, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Nyukasl»ning Maunt bo‘yicha taklifini rad etishdi, chunki futbolchi jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikning rejalariga kiradi.
Transfermarkt portalida Meyson Mauntning taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi «MYU» safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













