«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso klubdagi ish faoliyatini boshlagani yuzasidan fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis yangi mavsum boshlanishi oldidan jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.
«APL hozir dunyodagi eng raqobatbardosh liga hisoblanadi. Bu yerga kelish va bu chempionatga murabbiy sifatida qaytish men uchun katta sinov. Biroq men buni katta ishtiyoq bilan qabul qilaman va barcha bilan birgalikda rivojlanib, kuchliroq bo‘lishga hamda yangi narsalarni o‘rganishga umid qilaman», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.
Xabi Alonso futbolchilik faoliyatida 2004 yildan 2009 yilgacha «Liverpul» tarkibida yarim himoyachi sifatida to‘p surgan.













