Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Yamal Portugaliya sobiq bosh murabbiyining numerologiyaga qiziqishi haqida fikr bildirdi

Yamal Portugaliya sobiq bosh murabbiyining numerologiyaga qiziqishi haqida fikr bildirdi

Baho:
+2 | -

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal Jahon chempionati yarim finali doirasida Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan numerologiya haqidagi savolga kinoya bilan munosabat bildirdi. Savolga futbolchining 19 yoshga to‘lishi va JCH-2026 finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tishi asos bo‘ldi. 19-raqam ostida to‘p suradigan Yamal bunday tasodiflarga unchalik ahamiyat bermasligini tan oldi.

«Numerologiyaga ishonamanmi? Yo‘q. Portugaliya terma jamoasi murabbiyi ham shunga o‘xshash gaplarni aytgandi, u ham ishonardi, ammo keyin ularning darvozasiga Merino gol urdi», — deya Yamal so‘zlarini keltiradi Record.

Roberto Martines bahordayoq 6 raqami sehriga ishonishini bildirgandi. Murabbiy Portugaliya Yevro-2016 da g‘olib chiqqani, 1966 va 2006 yillarda esa jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalariga erishganini ta’kidlagan, biroq joriy turnirda raqamlar portugaliyaliklarga qarshi ishladi.

Portugaliya terma jamoasi turnirni 6 iyul kuni tark etdi va Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona golni 6-raqam ostida o‘ynayotgan Mikel Merino kiritdi. Yarim himoyachi maydonga tushganidan 6 daqiqa o‘tib gol urdi va bu zarba ispaniyaliklarning o‘yindagi oltinchi zarbasi bo‘ldi.

Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib 19 iyul kuni finalda Angliya yoki Argentina bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 15:37, 14.07.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик