Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Skaloni JCH-2026 yarim finalida Angliyaga qarshi o‘yin oldidan futbol va siyosatni aralashtirmaslikka chaqirdi

Skaloni JCH-2026 yarim finalida Angliyaga qarshi o‘yin oldidan futbol va siyosatni aralashtirmaslikka chaqirdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati yarim finalidagi Angliyaga qarshi o‘yinni ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar bilan bog‘lashni istamasligini bildirdi. Uchrashuv atrofidagi qo‘shimcha keskinlik 1982 yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Folklend urushi bilan bog‘liq.

«Haqiqat shundaki, bu futbol o‘yini. Men bu narsalarni aralashtira olmayman, ayniqsa ko‘p yillar oldin sodir bo‘lgan voqealarga hurmat sifatida. Bu tariximizdagi juda ayanchli davr bo‘lgan va biz bu borada ko‘p narsa qila olmaymiz — bor gap shu. Albatta, biz o‘sha insonlarni xotirlaymiz. Ammo bu futbol o‘yini va biz bu ikki tushunchani birlashtirmasligimiz kerak», — deya Skalonining so‘zlarini keltiradi BBC.

Angliya va Argentina o‘rtasidagi bahs 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (16 iyul kuniga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 16:26, 15.07.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик