O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, hujumkor yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov faoliyatini Namanganning «Navbahor» klubida davom ettiradi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, namanganliklar 24 yoshli futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Jasurbek Jaloliddinov faoliyati davomida ham mahalliy, ham xorijiy chempionatlarda boy tajriba to‘plashga ulgurgan. U shu paytgacha quyidagi jamoalar sharafini himoya qilgan:
-
O‘zbekistonda: «Bunyodkor» va «Lokomotiv» (Toshkent), «Andijon», «Olimpik» (Toshkent), «Neftchi» (Farg‘ona) hamda «So‘g‘diyona» (Jizzax);
-
Xorijda: «Lokomotiv» (Moskva, Rossiya), «Tambov» (Rossiya), «Qayrat» (Qozog‘iston) va «Sumgait» (Ozarbayjon).
Shuningdek, Jaloliddinov O‘zbekistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham faol harakat qilgan. U U-17 (2016-2018), U-20 (2018-2021) va U-23 (2019 yildan) terma jamoalari safida maydonga tushgan.
Hozirda mahoratli yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.













