Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Arsenal» Alvares bo‘yicha kelishuvga Dyokereshni qo‘shishi mumkin

«Arsenal» Alvares bo‘yicha kelishuvga Dyokereshni qo‘shishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi shvesiyalik hujumchi Viktor Dyokereshni «Atletiko» forvardi Xulian Alvares uchun bo‘lajak kelishuvga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu ma’lumotni talkSPORT nashri e’lon qildi.

Manba xabariga ko‘ra, bu g‘oya klublar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan. Ta’kidlanishicha, «matraschilar»ga Dyokeresh juda yoqadi, ammo «Arsenal»da uni qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qmi, hozircha hal qilinmagan.

«Kanonirlar» Dyokereshni o‘tgan yoz «Sporting»dan 67 million yevro evaziga sotib olgan edi. U jamoa safida barcha turnirlarda 55 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.

Alvares esa o‘tgan mavsumda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:02, 15.07.2026.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик