Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Milan» Modrichni saqlab qolishiga ishonmoqda

«Milan» Modrichni saqlab qolishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

40 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Milan»da yana bir mavsum qolishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati oldidan Modrich yozda faoliyatini yakunlashi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Biroq Xorvatiya terma jamoasi turnirni tark etganidan so‘ng, yarim himoyachi yana bir yil o‘ynashga qaror qilgani xabar qilingan edi.

Romanoning ta’kidlashicha, «Milan» rahbariyati Modrich bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonmoqda. Biroz vaqt muqaddam jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim futbolchiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, joriy vaziyatni muhokama qilgan. Biroq Modrich tomonidan yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, chunki oilasining fikri u uchun juda muhim.

Modrich «Milan» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan edi. Italiya klubi tarkibida u barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 18:16, 15.07.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик