Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

«Chelsi» Giuning kelajagi borasida qaror qabul qildi

«Chelsi» Giuning kelajagi borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yaqin vaqt ichida hujumchi Mark Giuning kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keladi.

Jurnalist Saymon Jonsonning ma’lum qilishicha, London klubi ispaniyalik futbolchini yo ijaraga berishni yoki sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, «ko‘klar» yosh futbolchining iqtidorini yuqori baholaydi, shu bois agar Giu sotib yuborilsa, shartnomaga uni qaytarib sotib olish huquqini kiritmoqchi.

Mark Giu 2024 yilda 6 million yevro evaziga «Barselona»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Giuni 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:50, 15.07.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик