Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

«Monako» Golovinni 25 million yevroga sotishga tayyor

«Monako» Golovinni 25 million yevroga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Monako» yozgi transfer oynasida Aleksandr Golovin bilan xayrlashish niyatida. Monegasklar RPL va Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar olib bormoqda, qiziqish bildirayotganlar qatorida «Zenit» ham bor. Bu haqda Foot Mercato xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, gap to‘liq transfer haqida ketmoqda. Kelishuv summasi bonuslar bilan birga 25 million yevroga baholanmoqda. 30 yoshli rossiyalik futbolchining «Monako» bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Golovin 2018 yilning yozida SSKAdan «Monako»ga o‘tgan edi. Sakkiz mavsum davomida u barcha turnirlarda 267 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urdi va 46 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:47, 16.07.2026.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик