Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Ivan Peshich — OKMK FK futbolchisi!

Ivan Peshich — OKMK FK futbolchisi!

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasi doirasida OKMK futbol klubi yangi legioner bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsumni Ruminiyada o‘tkazgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich faoliyatini endilikda yangi jamoa safida davom ettiradi.

Ivan Peshich professional faoliyati davomida Yevropaning bir qator klublari safida to‘p surgan. U Xorvatiyaning U-19 terma jamoasi safida harakat qilgan bo‘lib, Ruminiyaning «Dinamo» (Buxarest) va «Kindiya» (Tirgovishte), Ukrainaning «Vorskla» (Poltava) hamda Belarusning «Dinamo» (Minsk) klublari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, futbolchi Qozog‘istonning «Shaxtyor» (Karaganda), «Kaspiy» (Aktau) va «Qaysar» jamoalari safida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan. Uning xalqaro tajribasi, tezkorligi va hujumdagi samarali harakatlari jamoamizning hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Klub va 1992-yilda tug‘ilgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich o‘rtasida joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.

Kiritildi: 17:07, 16.07.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик