«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi o‘yindan (1:2) keyin Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel tanqidga uchragani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Angliya uchrashuv davomida 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo ikkinchi bo‘limda ehtiyotkorroq harakat qilib, yakunda Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«O‘yindan keyin hamma murabbiylik juda oson ishdek fikr yuritadi. Go‘yoki faqat hujum qilish yoki himoyalanishni tanlash kifoya. Ammo futbol bundan ancha murakkab.
Men Tuxelni 1:0 hisobini saqlab qolishga uringani uchun tanqid qilishyapti, deb ko‘ryapman. Lekin sizlarga bitta narsani aytaman: agar u bunday qilmaganida, hujum qilishda davom etganida va jamoa gol o‘tkazib yuborganida, xuddi shu odamlar: "Nega u o‘yinni nazorat qilmadi? Nega ustunlikni himoya qilmadi?" deb aytishardi.
Pley-off o‘yinlarida qaysi qarorni qabul qilmang, baribir kimdir sizni tanqid qiladi. Men har bir qaror mukammal deymayapman, ammo uning ortidagi mantiqni tushunish kerak.
Bunday bosqichda o‘yinni boshqarish hech qachon oson bo‘lmaydi», — dedi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyatdan keyin Angliya terma jamoasi jahon chempionligi uchun kurashish imkoniyatini yo‘qotdi. Endi angliyaliklar JCH-2026ning uchinchi o‘rni uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.













