«Barselona» prezidenti Joan Laporta Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati finali haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mundial g‘olibi 19 iyul kuni aniqlanadi. Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20 iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi.
«Finalda «Barselona»ning sakkiz nafar vakili ishtirok etishidan juda faxrlanamiz. Bu terma jamoalar darajasida ko‘rish mumkin bo‘lgan eng yaxshi o‘yin. Bizni ikki xil uslubning to‘qnashuvi kutmoqda. Argentina qat’iyatliroq o‘ynaydi, Ispaniya uslubi esa «Barsa»nikiga yaqinroq. Biz kuchliroqmiz deb hisoblayman. Hakam o‘z xarakterini ko‘rsatishi va o‘z qoidalarini o‘yinchilarga o‘tkazishi kerak. Shubhasiz, agar hakam o‘z salohiyatini to‘liq namoyish etsa, Ispaniyaning g‘alaba qozonish imkoniyati yuqoriroq bo‘ladi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o‘tamiz, yarim finalda ispaniyaliklar Fransiyani mag‘lub etgan (2:0), Argentina esa Angliyadan ustun kelgan edi (2:1).













