«Chelsi» markaziy himoyachisi Trevo Chaloba «Komo»ga o‘tishga rozilik bildiradi.
Italiya klubi ingliz futbolchisi uchun yagona jiddiy da’vogar bo‘lib qolmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Milanning «Inter» klubi transfer uchun kurashdan chiqqani ma’lum bo‘lgach, Sesk Fabregas boshqarayotgan jamoa safiga qo‘shilishga tayyor. Avvalroq futbolchi «neradzurrilar» safiga o‘tishni afzal ko‘rib, aynan ulardan taklif kutgan edi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Trevo Chalobaning narxini 40 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda «Komo» A Seriyada to‘rtinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.













