Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Klopp Tuxelni himoya qildi

Klopp Tuxelni himoya qildi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining bo‘lajak bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z hamyurti va Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel manziliga aytilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq inglizlar Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lib (1:2), gollarni 85 va 90+2-daqiqalarda o‘tkazib yuborgan edi.

Kloppning ta’kidlashicha, o‘yindan keyin odamlar xuddi murabbiylik ishi juda osondek gapirishadi — go‘yoki hujumkor yoki himoyaviy o‘yinni tanlasang bo‘ldi, ammo futbol unday ishlamaydi.

«Futbol ancha murakkab. Men Tuxelni 1:0 hisobini saqlab qolishga uringani uchun tanqid qilishayotganini ko‘ryapman, lekin sizga bir narsani aytay: agar u bunday qilmaganida, oldinga borishda davom etib, gol o‘tkazib yuborganida, o‘sha odamlarning o‘zlari: "Nimaga u hisobni saqlash uchun himoyaga o‘tirmadi?" deb gapirishgan bo‘lardi. Pley-off o‘yinlarida qanday qaror qabul qilmagin, kimdir seni baribir tanqid qiladi», — deya Kloppning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Kiritildi: 10:31, 17.07.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик