Markaziy himoyachi Maksim Estev «RB Leypsig» futbolchisiga aylandi. Bu haqdagi ma’lumot Germaniya klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.
24 yoshli futbolchi Angliyaning «Byornli» klubidan sotib olindi. Avvalroq taniqli insayder Fabrisio Romano transfer summasi 32 million yevroni tashkil etishini xabar qilgandi. Fransiyalik futbolchi «qizil buqalar» bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Esteve Angliyada ikki yarim yil davomida to‘p surdi. «Byornli» safida himoyachi barcha turnirlarda 100 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Unga qadar futbolchi Fransiyaning «Monpelye» jamoasi sharafini himoya qilgan.













