Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Jon Terri JCH-2026 finalida favorit kim ekanini aytdi

Jon Terri JCH-2026 finalida favorit kim ekanini aytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Yevropa jamoasi — Ispaniyani favorit deb hisoblashini bildirdi.

«Ispaniya — mening nazarimda favorit. Ikkala jamoa ham to‘p bilan muomala qilishda va uni nazorat qilishda juda qulay his qiladi. Ammo argentinaliklarning inglizlarga qarshi o‘yinida barcha hujumlar o‘ng qanotdagi Lionel Messi orqali amalga oshirildi.

Har safar ular chap qanotga o‘tganida, to‘p juda tez yana o‘ng qanotga qaytayotgandi.

Mark Kukurelya Fransiyaga qarshi kechgan yarim finalda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ispaniya terma jamoasi chap qanotda juda kuchli ko‘rinmoqda.

Bundan tashqari, ispaniyaliklar Fransiyadan birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi va umuman olganda, jahon chempionatida deyarli gol o‘tkazishmayapti — bu shunchaki hayratlanarli.

Argentinaliklar esa ulkan xavf tug‘diradi. Jahon chempionati davomida ko‘rganimizdek, ular har qanday vaziyatdan chiqish yo‘lini topishadi. Agar sizda Messidek sehrgar bo‘lsa, sizda doimo imkoniyat bo‘ladi.

Lekin o‘ylaymanki, Ispaniya bu Argentina uchun juda kuchlilik qiladi. Shunga qaramay, argentinaliklar inglizlarga qarshi o‘yinda ko‘p jamoalar maqtana olmaydigan xislatni — matonatni namoyish etishdi.

Ularning Angliyaga qarshi o‘yinida menga yoqqani shu bo‘ldiki, har bir tashlangan podkatdan keyin barcha futbolchilar darhol yugurib kelib, kichik mojaro boshlashdi.

Ular juda jipslashgan, ularda matonat sezilib turibdi, lekin baribir Ispaniya g‘alaba qozonadi deb hisoblayman», — deya Terrining so‘zlarini keltiradi Metro.

Kiritildi: 19:15, 17.07.2026.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик