Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus «Milan»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda.
«Rossonerilar» uzoq vaqtdan beri braziliyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olinadi, biroq hozircha «kanonirlar» bilan transfer shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti. Sport Witness xabariga ko‘ra, «Arsenal» forvard uchun avvalgidek 23 million yevro atrofida mablag‘ so‘ramoqda, ammo «Milan» bu narxni oshirib yuborilgan deb hisoblaydi va londonliklarni o‘z talablarini pasaytirishga ko‘ndirmoqchi.
Transfermarkt versiyasiga ko‘ra, Gabriel Jezusning bozor qiymati 17 million yevroni tashkil etadi. 29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi va uning uzaytirilishi dargumon.













