Yaqinda Fransiyaning «Parij» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan Liam Rosenyor o‘zining sobiq jamoasi — «Chelsi» haqidagi savolga javob berdi.
Angliyalik mutaxassis London grandi boshqaruviga yanvarda kelgan, ammo aprel oyidayoq lavozimidan ozod etilgan edi. Bahor oxirida «ko‘klar» yangi doimiy murabbiyni tanlashdi — u Xabi Alonso bo‘ldi.
«Men «Chelsi»ga kelajakda faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman. Jamoa Xabi Alonso siymosida ajoyib murabbiyni topdi, deb hisoblayman. Ularning natijalarini kuzatib boraman.
Biz klubga mavsumning o‘rtasida, murakkab paytda kelgandik. Men ko‘p saboq oldim. Shubhasiz, yaxshiroq uddalashim mumkin bo‘lgan jihatlar bor edi, ammo ijobiy lahzalar ham bo‘ldi», — deya Rosenyorning so‘zlarini keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.
«Parij» klubi angliyalik mutaxassis tayinlanganini 7 iyul kuni e’lon qildi. U 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.













