Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Mirko Yelichich: «Durang ikkala jamoa uchun ham adolatli natija bo‘ldi»

Mirko Yelichich: «Durang ikkala jamoa uchun ham adolatli natija bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Ikki oylik tanaffusdan keyin futbolga qaytish yoqimli. Albatta, «Paxtakor»ga qarshi og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik. Ikkala jamoa ham juda qiyin bo‘lgan ob-havoda futbol o‘ynashdi va yaxshigina kurashishdi, bor kuchlarini berishdi. Bizda bir qancha yaxshi, sifatli vaziyatlar bo‘ldi. Uzoq muddatli tanaffusdan keyingi ilk o‘yinimizdan mamnunman. Jamoani rivojlantirish yo‘llarini izlaymiz.

— «Lokomotiv» matbuot xizmati ushbu o‘yinda jamoaning ikki ochko yo‘qotganini yozdi. Sizningcha, jamoa ikki ochko yo‘qotdimi?
— «Paxtakor»da ham bir qancha yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Agarda ikkala jamoadan biri yutishi kerak bo‘lsa, o‘yin oxirlarida bizda ko‘proq vaziyat yuzaga keldi, biroq bulardan foydalana olmadik. Agarda butun bir o‘yinni inobatga olsak, durang ikkala jamoa uchun ham adolatli natija bo‘ldi.

— Muxriddin Zoirov, Islombek Baratov va Lazizbek Mirzayev jamoani tark etishdi. Bu haqda nima deya olasiz?
— Istalgan futbolchidan ajralish oson emas. Ularning barchasi ikkinchi davrada ko‘proq o‘ynashlari kerak. Istalgan futbolchi yarim mavsum zaxirada o‘tirsa, o‘zi uchun jamoa izlaydi. «Lokomotiv»da ham, istalgan jamoada ham bunday holatlar bo‘ladi. Chunki jamoadagi barcha futbolchilarga imkoniyat berish juda qiyin. Hozirgi futbolda o‘ynash qiyin, agarda ular jamoada qolganida yanada ko‘proq zaxirada o‘tirib qolishlari mumkin edi. Futbolchilar esa o‘zlari uchun jamoa izlashlari va futbol o‘ynashlari kerak.

— Faoliyatini yakunlashi aytilgan Anzur Ismoilov mavsum yakuniga qadar jamoada qoldi.
— Buning barchasi Anzurga bog‘liq emasdi. U yoqimli inson, juda tajribali. Uning tarkibda borligi jamoa uchun ham foydali. Endi u hayotida boshqa sahifani ochmoqda va boshqa ishlar bilan shug‘ullanmoqda. U bilan o‘zaro kelishuvimiz bor: qo‘lidan kelgancha, imkoniyati yetgancha bizga yordam berishi kerak. Biroq uning boshqa ishlar bilan shug‘ullanishini ham biz to‘g‘ri tushunamiz.

— Abdulloh Yo‘ldoshev avvalgi o‘yinlarda o‘ng qanot himoyasida o‘ynayotgandi. Bugun esa markaziy himoyada ko‘rinish berdi. Bu davomiy bo‘ladimi yoki u hali o‘ng qanotga qaytadimi?
— U bir qancha pozisiyalarda o‘ynay oladi. Uni hatto tayanch himoyasida ham o‘ynatganmiz. Markaziy va o‘ng qanot himoyasida ham o‘ynay oladi. U haqiqiy atlet — tezligi bor, elastik inson. Biror futbolchi doimo o‘zi uchun eng qulay pozisiyani tanlab oladi. Abdullohda esa unday emas. Shuningdek, Oleksandr Kucherenko belidan noqulaylik his qildi. Bunday holatda uning o‘rnini yopa oladigan futbolchi borligi bizni quvontirdi. Anzur Ismoilov biz bilan ko‘p ham ishlamadi. Shu sababli uni markaziy himoyaga qo‘ya olmasdim.

— Jasur Yaxshiboyevning o‘yiniga qanday baho berasiz?
— Uning jamoaga qo‘shilganiga ko‘p ham bo‘lmadi. Uzoq vaqt futbol o‘ynamadi. Bizning futbolga va jismoniy holatini yaxshilab olishiga biroz vaqt kerak. Barcha muxlislar uning qanday sifatga ega ekanligini biladi. Hujumda birga-bir holatlarda raqibni aldab o‘ta oladi. Lekin futbol faqatgina bundan iborat emas. Ikkinchi davrada u jamoamizga katta yordam bera olishiga ishonaman. Qanday darajada yordam berishi esa uning o‘ziga bog‘liq.

— Jarohat olgan Suhrob Nurulloyevning holati qanday?
— Yaxshi. Bugun u issiq havoda ko‘p mehnat qildi. Uning mushaklarida jarohat bor. U kelgusi o‘yinga tayyor bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:17, 18.07.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик