Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Emiliano Martines mundialda jarohat bilan o‘ynayotganini aytdi

Emiliano Martines mundialda jarohat bilan o‘ynayotganini aytdi

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jahon chempionati boshlanishidan oldin olgan jarohati haqidagi savolga javob berdi. Lionel Skaloni shogirdlari turnir finaliga chiqishdi va u yerda Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. «Albiseleste» darvozaboni og‘riqqa qaramay o‘ynashda davom etayotganini tan oldi.

«Qo‘lim har kuni og‘riydi. Shunday bo‘lishini bilardim, lekin operasiyani keyinga surdim. Barcha mutaxassislar jarrohlik amaliyoti zarurligini aytishgan. Bu muammo meni tashvishga solmoqda, chunki mashg‘ulotlarni yaxshi ko‘raman, lekin 1/8 finaldan boshlab odatiy rejimda mashq qilyapman va o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman», — dedi Martines final oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli darvozabon o‘ng qo‘lining nomsiz barmog‘ini may oyida, «Aston Villa» va «Frayburg» o‘rtasidagi Yevropa Ligasi finalidan oldin sindirib olgan edi.

Kiritildi: 08:16, 18.07.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик