Italiya hukumati 2032 yilgi Yevropa chempionati o‘yinlarini qabul qilishga da’vogar stadionlar ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatdan 15 ta arena o‘rin olgan bo‘lib, turnir uchun yakuniy beshta stadionni Italiya futbol federasiyasi oktyabr oyiga qadar tanlab oladi.
Nomzodlar orasida Salerno va Bari shaharlaridagi stadionlar bor, garchi u yerdagi mahalliy klublar hozirda A Seriyada ishtirok etmayotgan bo‘lsa-da. Shu bilan birga, dastlabki rejada so‘nggi yillarda yevrokuboklar va terma jamoa o‘yinlarini muntazam qabul qilib kelgan bir qator arenalar, jumladan, Bergamo, Udine va Redjo-Emiliyadagi stadionlar yo‘q.
Turin («Yuventus» arenasi), Milan (yangi loyiha yoki yangilangan «San-Siro»), Rim (3 ta variant ko‘rib chiqilmoqda) va Florensiya («Artemio Franki») shaharlaridagi stadionlar yakuniy beshlikka kirish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Italiya janubidan esa Neapol va Palermo stadionlari bor.













