Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Salohning «Beshiktosh»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga agenti munosabat bildirdi

Salohning «Beshiktosh»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga agenti munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Forvard Muhammad Saloh bilan ishlovchi agent Rami Abbos Issa matbuotda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Xabarlarga ko‘ra, 34 yoshli misrlik futbolchi «Beshiktosh» bilan kelishuvga erishgan.

«Shaxsan men Saloh kelasi mavsumda qayerda o‘ynashini bilmayman» — deb yozdi agent ijtimoiy tarmoqlarda.

Ayni paytda Muhammad Saloh erkin agent hisoblanadi. 2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach, misrlik futbolchi «Liverpul»ni tark etdi. Saloh «qizillar» safida to‘qqiz mavsum davomida to‘p surgan.

Qo‘shimcha qilamiz, «Beshiktosh» 2026/2027 yilgi mavsumda Turkiya nomidan Yevropa ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 09:23, 18.07.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик