Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Xavi «Barselona» tarbiyalanuvchilarining Ispaniya terma jamoasidagi muvaffaqiyatlarini izohladi

Xavi «Barselona» tarbiyalanuvchilarining Ispaniya terma jamoasidagi muvaffaqiyatlarini izohladi

Baho:
+ | -

Mashhur ispaniyalik murabbiy va sobiq futbolchi Xavi Ernandes Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan «Barselona» o‘yinchilarining muvaffaqiyatidan xursand ekanini bildirdi.

19 iyul kuni ispanlar Argentina terma jamoasiga qarshi bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 boshlanadi.

«Shunchaki Kubarsining ushbu Jahon chempionatida qanday o‘ynayotganiga qarang. Fermin uchun juda afsusdaman, lekin Pedri bor, uning muvaffaqiyatidan ham xursandman. «Barselona» va Ispaniya terma jamoasining bu avlodi yana 10-15 yil davomida muvaffaqiyat qozonadi. Men ular bilan faxrlanaman, chunki o‘z vaqtida, «Barsa»da ishlagan paytimda murabbiylar shtabim bilan birga ularning shakllanishini kuzatganman», — dedi Xavi Radio Nacional de Espana bilan suhbatda.

Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor mundialda g‘olib chiqishi mumkin. Jamoaning birinchi g‘alabasi 2010 yilga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 12:16, 18.07.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик