«Barselona» safida to‘p surgan taniqli sobiq ispan himoyachisi Xerard Pike 19 yoshli Lamin Yamal haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ertaga, 19 iyul kuni Ispaniya terma jamoasining qanot hujumchisi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida maydonga tushadi. «Qizil furiya» Argentina terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
«19 yoshli yigit uchun bunday ulkan bosim ostida barchasiga dosh berish qiyin bo‘lishi mumkin, ammo men Lamin bu borada qiynalyapti deb o‘ylamayman. Aksincha, menimcha, unga bu yoqadi. Menimcha, u o‘ziga xos va betakror iqtidor sohibi. Keling, yakshanba kuni u Jahon chempioni bo‘lishiga umid qilamiz», - deya Pikedan iqtibos keltiradi ESPN.
Shimoliy Amerikada o‘tayotgan mundialda «Barselona»ning yosh vingeri yettita o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.













