Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Emerik Laport Argentinaga qarshi kechadigan final oldidan jahon chempionatidagi hakamlik haqida keskin fikrlar bildirdi.
32 yoshli futbolchi hakamlar argentinaliklarga haddan tashqari ko‘p erkinlik berayotganini ta’kidladi. Jurnalist Martin Arevalo xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi Laportning bu izohlaridan norozi. «Albiseleste» vakillari ispaniyalik futbolchi o‘z so‘zlari bilan finalni boshqarib boradigan bosh hakam Slavko Vinchichga bosim o‘tkazganini hisoblashmoqda.
Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













