Xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Ivan Perishich Milanning «Inter» klubiga qaytish istagida ekanini bildirdi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, 37 yoshli futbolchi sobiq jamoasidan taklif tushgan taqdirda, hozirgi klubi PSV rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ramoqchi. Ushbu transferni Kristian Kivu ham ma’qullagan.
Biroq mazkur o‘tishga «Inter»ning yangi egalari — Oaktree kompaniyasi rahbariyati to‘sqinlik qilishi mumkin. Sababi klub xo‘jayinlari tarkibga yoshi katta futbolchilarni jalb etish tarafdori emas.
Qayd etilishicha, Perishichning o‘zi hamon yuqori darajada to‘p surishga, xoh asosiy tarkibda, xoh zaxiradan maydonga tushib jamoaga yordam berishga hamda yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishga qodir ekaniga ishonchi komil.













